ZAVOD HAQIDA

Biz xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqaramiz

“Enter Steel” XII MChJ mashinasozlik zavodi metall konstruksiyalar, kranlar, konteynerlar va bosim ostida ishlaydigan appareatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Korxona Yevropa va AQShning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 15 ming tonna metall konstruksiya ishlab chiqarish va 40 ming tonnagacha ruhlash imkonini beradi. Zavod tashkil etilgan birinchi kundan boshlab, Enter Steel shijoatli jamoasi o‘z maqsadiga erishish, ya’ni ishlab chiqarish hajmini yiliga 30 ming tonnaga yetkazish uchun harakat qilmoqda. Biz har bir mijozimizni qadrlaymiz va mahsulotlarning eng yuqori sifatini va barcha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaymiz

Bizning afzalliklarimiz

Biz har bir mijozimizni qadrlaymiz hamda mahsulotlarning eng yuqori sifatini va barcha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaymiz

01

Yuqori malakali muhandislar: 50

02

Yuqori toifali konstruktorlar: 65

03

O‘zbekiston, Turkiya va Ukrainadagi shaxsiy konstruktorlik byurosi

04

Xalqaro ASME sertifikatiga ega O‘zbekistondagi yagona va Markaziy Osiyodagi ikkinchi zavod

05

ASME, ISO, IQNet sertifikatlarining mavjudligi

06

IberTest (Ispaniya)dan eng yangi uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriya

2 daqiqada qanday ishlashini ko'ring

Mijozlar va Sheriklar

ZAVOD TARIXI

Zavod O‘zbekiston Respublikasida metall konstruksiyalarga ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yilda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida metall konstruksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enter Steel” mashinasozlik zavodi barpo etildi. Mamlakatimizda ushbu mahsulotlarga talab ortib borayotganidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-oktabrdagi “Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidakichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan zavod kengayib, hududning yirik sanoat korxonalaridan biriga aylandi.