Enter Steel zavodi tashqi bozorga chiqish yo‘lida yana bir qadam tashladi. Italiya sertifikatlashtirish organi ICIM S.p.A. kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy hamkori va vakili DQS Quality System kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan audit tekshiruvi natijalariga ko‘ra, ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018 xalqaro sertifikatlariga ega bo‘ldi.
DQS Quality System vakolatli vakili Davron Abdullayev ta’kidlaganidek, korxonada integratsiyalashgan menejment tizimi qo‘llanilayotgani tufayli zavodda nafaqat yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarilmoqda, balki xalqaro standart talablari asosida eksport salohiyatini yo‘lga qo‘yish va raqobatbardoshligini oshirish borasida ham ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, eng ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, sifat nazorati va logistika tizimli ravishda joriy etilmoqda. ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018 sertifikatlarining mavjudligi va CISQ, IQNET va O‘zbekistonning «O‘zstadart» Texnik jihatdan tartibga solish agentligi saytlarida ro‘yxatdan o‘tish dunyoning istalgan nuqtasidan mijozlarga o‘z tasdiqlarini olish imkonini beradi.
Qayd etish joizki, DQS Quality Systems CISQ sertifikatlashtirish federatsiyasi aʼzosi boʻlib, u oʻz navbatida Xalqaro tarmoq — IQNetʼga tegishli (uning doirasida hozirgacha 300 mingdan ortiq xalqaro IQNET sertifikatlari chiqarilgan). Bu O‘zbekiston Respublikasida 7 ta eng istiqbolli xalqaro standartlar bo‘yicha baholash va sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi yagona shunday organdir. Uning mijozlari qatorida mamlakatimizning, shuningdek, sanoat va eksport salohiyatining asosini tashkil etuvchi Markaziy Osiyo davlatlarining qator yetakchi korxonalari bor.