Enter Engineering kompaniyalar guruhi faol ishtirok etayotgan mamlakatimiz sanoat salohiyatini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida televidenie, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda blogosfera vakillari uchun Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida joylashgan Enter Steel va Enter SOLAR Green Energy mashinasozlik zavodiga press-tur tashkil etildi.
Kelgan jurnalistlarni "Enter Steel" MChJ TTXI bosh direktori Kanat Tekenov kutib oldi va nisbatan qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi eng yirik korxonaga aylangan, quvvati yiliga 25 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradigan metall konstruksiyalar, ko‘prikli va portalli kranlar, bosim ostida ishlaydigan idish va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonaning tashkil topish tarixi va tuzilishi haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, zavod salohiyati jadal o‘sib borayotgani – Olmaliqda “Enter Steel Olmalyk” filiali, Buxoro viloyatida “Enter Steel Qorakul” korxonasi qurilayotgani, Chirchiqdagi o‘zining konstruktorlik byurosi esa mahsulotlar ishlab chiqarayotgani ta’kidlandi.
Mehmonlar zavod maydonlarini kezib, u yerda ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rgandi, xodimlar bilan uchrashdi, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Tadbir ishtirokchilari Markaziy zavod laboratoriyasiga tashrif buyurib, mahsulot sifati qanday nazorat qilinishini yaqqol ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi, u yerda ularga Ibertest (Ispaniya) tomonidan fizik-mexanik sinovlar uchun yuqori aniqlikdagi asbob-uskunalar, shuningdek, haqiqiy metall valentlik sinovi namoyish etildi.
Joriy yilda qurilgan va foydalanishga topshirish bosqichida bo‘lgan “Enter SOLAR Green Energy” zavodini yangiyo‘lliklarning alohida faxri deyish mumkin. Bu zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi boʻlib, Markaziy Osiyoda yagona, u yerda 25 yilgacha xizmat koʻrsatish kafolati boʻlgan quyosh panellarini ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion texnologiyalar joriy etilgan, ular bilan mamlakatda qurilayotgan fotoelektr stantsiyalari (FES) jihozlanadi. Matbuot vakillari sanoat yetakchilaridan biri “Ecoprogetti” (Italiya) tomonidan o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan liniyani ko‘zdan kechirdi.