Toshkent, 2022-yil 7-dekabr, Markaziy Osiyodagi eng yirik EPC-pudratchilaridan biri bo‘lgan Enter Engineering bugun uning sho‘ba korxonasi Enter Steel sifat menejmenti tizimini (SMT) va U, S va R shtamplarini (U — bosimli idishlar, S — energiya ishlab chiqarish uchun qozonlar, R — idishlarni ta’mirlash va modifikatsiya qilish) muvaffaqiyatli joriy etgani uchun Amerika mexanik muhandislar jamiyati (ASME) tomonidan sertifikatlanganligini e’lon qildi.
ASME sertifikati kompaniyalarga me’yoriy talablarga rioya qilish, jarayonlar samaradorligiga erishish, xarajatlarni kamaytirish hamda mahsulot sifati va xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi. Bu Enter Steel mashinasozlik zavodida ishlab chiqariladigan idish va apparatlar eng yuqori standartlarga javob berishidan darak beradi.
Enter Engineering bosh direktori Ulug‘bek Usmonov shunday dedi: «Enter Steel mashinasozlik zavodi nufuzli ASME sertifikatini qo‘lga kiritgan birinchi O‘zbekiston korxonasi bo‘lganini faxr bilan e’lon qilamiz. Bu sertifikat ishlab chiqarish tsiklining har bir bosqichida va har bir korxonada ishning eng yuqori standartlariga sodiqligimizni ta’kidlaydi. Bu yutuqqa faqatgina dunyodagi eng yuqori xavfsizlik va sifat standartlaridan biriga javob berish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan fidoyi va yuqori professional jamoa tufayli erishdik».
ASME sertifikatini olish uchun Enter Steel o‘rnatilgan talablarga muvofiq murakkab audit jarayonini joriy etdi:
• Materiallar va sinov uskunalari sotib olindi va kalibrlandi.
• Buzilmaydigan baholash muhandisligi (BBM) laboratoriyasi o‘rnatildi.
• Yuqori bosimli idish ishlab chiqarildi va sinovdan o‘tkazildi.
• Sifat nazorati, sifat nazorati protseduralari, shuningdek loyihalashtirish va BBM protseduralari bo‘yicha qo‘llanma tayyorlandi.
• ASME talablariga javob beradigan omborxonalar, uskunalarni saqlash va karantin zonalari bilan jihozlangan.
ASME Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng keksa, hurmatli va nufuzli mexanik sinov sifat va xavfsizlik standartlari tashkilotlaridan biridir. U keng ko‘lamli texnik sohalarni qamrab oluvchi 600 dan ortiq kodekslar va standartlarni nashr etgan.
ASME sertifikatsiyasi 100 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan. Butun dunyo hukumatlari ASME sertifikatini qonuniy xavfsizlik qoidalariga muvofiqligini namoyish qilish usuli sifatida qabul qildilar. Hozirda 7000 ga yaqin kompaniyalar ASME sertifikatiga ega.
ASME kompaniyalar oilasiga qo‘shilish Enter Engineering’da barcha muhandislik yonalishlari bo‘yicha xodimlarning martaba o‘sishi va malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlash bilan birga boshqa a’zo kompaniyalar bilan ilg‘or tajribalarni almashish uchun yangi yo‘llarni ochishini anglatadi.