Yangi defektoskop qabul qilindi

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eng yuqori sifat standartlariga muvofiqligi Enter Steel mashinasozlik zavodi jamoasining ustuvor vazifasidir. Shu maqsadda korxonada zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan laboratoriya faoliyat ko‘rsatib, mutaxassislarga zarur tadqiqotlarni yuqori aniqlik bilan olib borish imkonini bermoqda.

Yaqinda OmniScan X3 yangi fazali panjaralardagi defektoskop qurilmasi ishga tushirildi, u laboratoriya xodimlari tomonidan yuqori baholandi va asbobdan foydalanish qulayligi, ishonchliligi va ko‘rsatkichlarining aniqligini taʼkidlashdi.

– Yangi defektoskop payvand choklari, quvurlar, korroziyaga chidamli qotishmalarni diagnostika qilish kabi keng ko‘lamlarda qo‘llaniladi, – deydi Markaziy zavod laboratoriyasining yetakchi mutaxassisi Aleksandr Chernishev. – Uskunaning imkoniyatlari tufayli biz korroziyani aniq monitoringini, yuqori haroratli vodorod yorilishi nazoratini amalga oshiramiz va natijada olingan yuqori aniqlikdagi tasvirlar eng kichik nuqsonlarni ham aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, austik taʼsir xaritasi (AIM) bizga TFM sezgirligini vizualizatsuya qilish va uni to‘rtta rejimda mos ravishda sozlash imkonini beradi, bu esa nuqsonlarni o‘lchash va baholashni osonlashtiradi.

Mutaxassis, shuningdek, qurilmadan foydalanish qulayligini taʼkidladi, bu esa uni hatto o‘qimagan mutaxassislar tomonidan ham qo‘llash imkonini beradi. – Bu juda koʻp funksiya va imkoniyatlarga ega boʻlgan defektoskoplarning yangi avlodi, – deydi laborant Zarema Ibragimov. – Omniscan X3 GPS moduliga va Wi-Fi simsiz tarmogʻi orqali maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega. Zarbaga chidamli korpus namlik va changdan himoyalangan. Eng muhimi, taʼsirchan vizualizatsiya bilan deyarli bir zumda nuqsonlarni topishga imkon beradi. Endi biz ehtimoliy nuqsonlar mavjudligi toʻgʻrisida eng aniq maʼlumotlarni olishimiz va skanerlash natijalarini toʻgʻridan-toʻgʻri tekshiruv joyidan hamkasblarga yuborishimiz mumkin.

Xulosa qilib shuni qoʻshimcha qilmoqchimizki, defektoskopning taqdim etilgan afzalliklari tadqiqot samaradorligini oshirishga, ish vaqtini sezilarli darajada tejashga va eng muhimi, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi!

Boshqa yangiliklar